Ushbu Maxfiylik siyosati (keyingi o‘rinlarda — Siyosat) «BESSO BURGER» brendi ostidagi barcha tizimlarga — rasmiy veb-sayt, mobil ilova, Telegram-bot va koll-markazga (keyingi o‘rinlarda — Tizim) nisbatan amal qiladi hamda foydalanuvchidan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish tartibini belgilaydi.
Tizimdan foydalanish foydalanuvchining ushbu Siyosat va uning shartlariga so‘zsiz roziligini anglatadi. Agar foydalanuvchi Siyosatga rozi bo‘lmasa, u Tizimdan foydalanmasligi kerak.
Tizim «BESSO BURGER» kafelar tarmog‘i mijozlari uchun taomlarga buyurtma berish maqsadida mo‘ljallangan.
Tizim doirasida foydalanuvchi (mijoz):
menyu va mavjud taomlar haqidagi ma’lumotlarni ko‘radi;
taomni tanlaydi va buyurtma rasmiylashtiradi;
buyurtma va yetkazib berish holatini kuzatadi;
qo‘llab-quvvatlash xizmati yoki kuryer bilan bog‘lanadi;
buyurtmalar tarixini saqlaydi;
buyurtma haqida bildirishnomalarni oladi.
Foydalanuvchi ixtiyoriy ravishda quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:
F.I.Sh.;
telefon raqami;
yetkazib berish manzili;
elektron pochta manzili;
tug‘ilgan sana;
boshqa zarur ma’lumotlar.
Foydalanuvchi tomonidan ruxsat berilgan taqdirda, joylashuv GPS yoki tarmoq orqali aniqlanadi (eng yaqin filiallarni ko‘rsatish va yetkazib berishni ta’minlash uchun).
Operatsion tizim versiyasi, telefon modeli va boshqalar — Tizimning barqarorligini oshirish va xatolarni aniqlash uchun ishlatiladi.
Foydalanuvchi xavfsizligini ta’minlash, hududiy cheklovlar va firibgarlikdan himoya qilish uchun ishlatiladi.
Foydalanuvchiga qulaylik yaratish, buyurtmani tezkor ravishda takrorlash, afzalliklarni tahlil qilish va chegirmalarni taqdim etish uchun ishlatiladi.
«EVEREST-BURGER» MChJ xizmatlarni taqdim etish va Tizimning ishlashi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlargina qayta ishlaydi.
«EVEREST-BURGER» MChJ ma’lumotlarni tarqatilish va ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish uchun zarur texnik va tashkiliy choralarni ko‘radi.
Ma’lumotlar foydalanuvchi profilini o‘chirguniga qadar yoki foydalanuvchining shaxsiy so‘roviga binoan, uning roziligi asosida saqlanadi.
Foydalanuvchi o‘z profilini o‘chirish orqali o‘z ma’lumotlarini o‘chirishi mumkin. Bunday holatda «EVEREST-BURGER» MChJ ma’lumotlarni yo‘q qiladi yoki shaxsiy identifikatorlarni o‘chiradi.